narrator-icon
Konstitutsiyaviy lug’at

budjet tizimiga qonunchilik hujjatlarida belgilangan majburiy to‘lov tushuniladi, bu yig‘imning to‘lanishi uni to‘lovchi shaxsga nisbatan vakolatli organ yoki uning mansabdor shaxsi tomonidan yuridik ahamiyatga ega harakatlarni amalga oshirish, shu jumladan unga muayyan huquqlarni yoxud ruxsat etuvchi hujjatlarni berish shartlaridan biri bo‘ladi.

fuqarolarni harbiy xizmatga tayyorlashni, harbiy xizmatga chaqirishni (kirishni), chaqiruv yoki kontrakt bo‘yicha harbiy xizmat o‘tashni, rezervdagi xizmatni, muqobil xizmatni, harbiy ro‘yxatdan o‘tish qoidalariga rioya etishni, favqulodda vaziyatlarda yoki O‘zbekistonga qarshi harbiy tajovuz bo‘lgan taqdirda aholini muhofaza etish tadbir-choralari.

bu huquq orqali mamlakat fuqarolarining ko‘pchilik qismi saylovlarda ishtirok etadi. Saylov huquqining asosiy tamoyillaridan bo‘lgan umumiy saylov huquqi 18 yoshga to‘lgan, muomilaga layoqatli barcha fuqarolarning ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy mavqei, irqiy va milliy mansubligi, jinsi, maʼlumoti, tili, dinga munosabati, mashg‘ulotining turi va xususiyatidan qatiy nazar saylovlarda ishtirok etishida namoyon bo‘ladi.

xalqning o‘z xohish-irodasini amalga oshirish usulidir.

vakolatli organlar tomonidan belgilanadigan va beriladigan nom. Bu alohida shaxsning xizmatlari yoki kasb, xizmat, ilmiy va boshqa malakalari rasman eʼtirof etilganligini tasdiklaydi. Unvon belgilash, berish va undan mahrum etish tartiblari, shuningdek, unvon bilan bogʻliq boʻlgan huquq va majburiyatlar qonun hamda boshqa normativ qujjatlar bilan belgilanadi.

“O‘zbekiston Qahramoni” unvoni oliy darajadagi mukofotdir va u bir marta beriladi.

Misol uchun O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari tarkibiga quyidagilarni misol sifatida keltirishimiz mumkin:

“O‘zbekiston Respublikasi san’at arbobi”;

“O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi”;

“O‘zbekiston iftixori”;

“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti”;

“O‘zbekiston Respublikasi xalq baxshisi”;

“O‘zbekiston Respublikasi xalq yozuvchisi”;

“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi”;

“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi”;

“O‘zbekiston Respublikasi xalq shoiri” va boshqalar.

yashash maskani, boshpana joy, uy-joy binolari. Oila istiqomat qiladigan uy, oilaning maishiy hayoti oʻtadigan muhit.

muayyan mamlakatning pul birligi. Masalan, Oʻzbekiston Respublikasida – soʻm, Xitoyda – yuan, AQSHda – dollar va boshqalar.

vazirlikni boshqaruvchi mansabdor shaxs.

O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan yoki ilgari uning hududida yashagan, O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida yashaydigan shaxs va uning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan keyingi qarindoshlari, basharti, agar ularning nasl-nasab shajarasi bo‘yicha to‘g‘ri tutashgan o‘zidan oldingi qarindoshlari O‘zbekiston Respublikasi hududida yashayotgan bo‘lsa hamda O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari bo‘lsa.

bu fuqarolarning xohlagan dinga e’tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik bo‘yicha kafolatlangan konstitutsiyaviy huquqidir.