narrator-icon
Konstitutsiyaviy lug’at

18 yoshga toʻlmasdan jinoyat yoki ma’muriy huquqbuzarlik sodir qilgan shaxslarning javobgarligi.

konstitutsiyaviy huquq fanida, odatda, muayyan davlatning yagona ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy birligini tashkil etadigan barcha aholisini nazarda tutuvchi tushuncha.

xodimning o‘zining doimiy ish joyidan tashqarida xizmat topshirig‘ini bajarish uchun boshqa joyga, maʼlum bir muddatga yuborilishi (borib kelishi).

tashkilotning ichki tartib-qoidasiga bo‘ysunuvchi, mehnat shartnomasi asosida ishlaydigan shaxs.

shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq tarzda qo‘lga kiritgan mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi.

jismoniy shaxslarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning ommaviy mulki obyektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishi.

huquqi buzilgan shaxsning buzilgan huquqini tiklash uchun qilgan yoki qilishi lozim bo‘lgan xarajatlari, uning mol-mulki yo‘qolishi yoki shikastlanishi (haqiqiy zarar), shuningdek, bu shaxs o‘z huquqlari buzilmaganida odatdagi fuqarolik muomalasi sharoitida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadlari (boy berilgan foyda).

buzilgan huquqlarni, erkinliklarni tiklash va qonuniy manfaatlarni himoya qilish to‘g‘risidagi talab bayon etilgan murojaat.

har bir fuqaroning tugʻilganidan boshlab tan olinadigan uzviy huquqi.